1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari uchrashuvida qatnashdi

Norasmiy uchrashuvda 2023-yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari uchrashuvida qatnashdi

 

Bugun, 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

 

Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

 

Joriy yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, bo‘lajak 2023-yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni uch yo‘nalishda: siyosat va xavfsizlik borasida, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantirmoqda.

 

MDH makonida to‘laqonli erkin savdo hududini shaklantirish va transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardir.

 

Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Keyingi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini faollashtirdi, 40 dan ortiq ko‘p tomonlama bitimlarni imzoladi hamda MDHning 23 ta tarmoq organlariga qo‘shildi.

 

2022-yilda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi uchdan bir hissaga ortdi, mingdan ziyod qo‘shma korxonalar tashkil etildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика