1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Oqo‘rdada rasmiy kutib olindi

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Oqo‘rdada rasmiy kutib olindi

Bugun, 8 avgust kuni Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi. Ikki mamlakat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Birgalikda suratga tushildi.

 

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика