1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon TIV rahbari bilan uchrashdi

Muloqotda bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon TIV rahbari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti bo‘yicha vazirlarning ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida vazir davlat rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishi bo‘yicha istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Muntazam va samarali muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga chiqqani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat ila qayd etildi.

 

O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 27 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qo‘shma investitsiya fondi o‘z faoliyatini boshladi.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика