1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

 

«Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va eʼtiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi edi», — deyiladi davlatimiz rahbarining taʼziyanomasida.

 

Prezident ushbu musibatli damlarda Qirolga, oilasining barcha aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga taskin so‘zlarini bildirdi hamda sabr-toqat va bardamlik tiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика