1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi

Davlatimiz rahbari Italiya Prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazadi. Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz rahbari Italiya Prezidenti Serjo Mattarrella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.

 

O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunyuy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

 

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida bo‘lib o‘tadi – O‘zbekiston Prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика