1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi vakili Dmitriy Kozakni qabul qildi

Uchrashuvda Markaziy Osiyoda ro’y bergan voqealar yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi vakili Dmitriy Kozakni qabul qildi

 

Bugun, 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.


Uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Yaqinda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga kuchli sur’at bag‘ishlagani alohida ta’kidlandi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalar va ustuvor gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.

 

Shuningdek, Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqelardan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика