Ayni daqiqalarda SHHT sammiti doirasidagi asosiy uchrashuvlardan biri o‘tmoqda. O‘zbekiston rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Kun tartibida tovar ayirboshlashni xilma-xillashtirish va hajmini oshirish, qo‘shma kooperasiya loyihalarini ilgari surishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, hududlar o‘rtasida amaliy aloqalarni kengaytirish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.


