1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktorini qabul qildi

Xabaringiz bor, Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktorini qabul qildi

 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktori Remi Riuni qabul qildi.

 

Yangi Sheriklik dasturi va "yo‘l xaritasi" doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston agentlikning yetakchi hamkoridir. Xususan, “Yashil” iqtisodiyot, kommunal sohani, shu jumladan suv taʼminoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, chorvachilik va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli o‘tgan yilda o‘ttiz foizga oshib, hozirda 1,3 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

 

Uchrashuvda biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ilgari surish, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy etish, agentlikning “PROPARKO” va “Ekspertiz Frans” tuzilmalari bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика