1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

 

O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Davlatimiz rahbari kecha Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolanganini taʼkidladi. Shu maʼnoda, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar ikki mamlakat hukumatlari tomonidan so‘zsiz amalga oshirilishi muhim ekani qayd etildi.

 

 

Shu maqsadda qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va Bosh vazirlarning uchrashuvlarini tizimli ravishda tashkil etib borish zarur.

 

Tovar ayirboshlashni oshirish, chegaraoldi savdoni va savdo infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika, qazib chiqarish, to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish ustuvor vazifalar sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

 

Ikki mamlakat hududlarining salohiyatidan to‘liq foydalanish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика