1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Davlat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.

 

Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

 

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 

Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика