1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotida institutsional islohotlar o‘tkazishni taklif qildi

Samarqandda TDT sammiti davom etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotida institutsional islohotlar o‘tkazishni taklif qildi

 

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari yig‘ilishidagi nutqida tashkilot faoliyati samaradoriligini oshirish uchun muhim takliflar berdi.

 

“Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, uning nufuzini yana-da oshirish, hamkorligimiz salohiyatini to‘liq ishlatish, qabul qilinayotgan qarorlarimiz va kelishuvlarimiz ijrosini taʼminlash eng dolzarb vazifamizdir. Tashkilotimiz doirasida juda ko‘p tuzilmalar va turli mexanizmlar tashkil etilgan bo‘lib, ko‘plab vazirlar darajasida yig‘ilishlar, boshqa tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

 

Lekin, ochiq tan olishimiz kerak, bularni tizimli muvofiqlashtirish va natijadorligini taʼminlash borasida hali ancha ish qilishimiz kerak.

 

Tashkilotimiz kelgusida mutlaqo yangi, samarali tizim asosida ishlashi uchun umumiy saʼy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur, deb o‘ylayman.

 

Shu maqsadda, Tashkilotda institutsional islohotlar o‘tkazishni taklif etamiz.

 

Bunda, eng avvalo, ustuvor yo‘nalish-larimiz bo‘lgan siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiya, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, axborot texnologiyalari, turizm, innovatsiya va taʼlim, tibbiyot, yoshlar va boshqa sohalar bo‘yicha vazirlar darajasida alohida qo‘mitalar tuzishni taklif qilaman.

 

Ularning faoliyatiga ekspert va olimlarni, jamoatchilik va xususiy sektor vakillarini faol jalb etilishi katta samara berishi shubhasiz.

Bundan tashqari, Tashkilotimiz Kotibiyatining o‘rni va taʼsirini keskin oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.

U har bir yo‘nalish bo‘yicha ishni samarali tashkil qilishi, ko‘p tomonlama sermahsul hamkorligimiz-ning taʼsirchan kuchiga aylanishi kerak.

 

Bugun bu yerda bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, Kotibiyatning yangi tuzilmasini kelgusi sammitimizda tasdiqlaymiz, deb ishonaman.

 

Yana bitta masala – bu davlat rahbarlari tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va hujjatlarning qatʼiy nazorat tizimini kuchaytirish bilan bog‘liq.

 

Bu jarayonga Tashkilotimiz oqsoqollar kengashini jalb etib, ularning boy tajriba va malakasidan unumli foydalanishimiz kerak, deb hisoblayman”,— degan O‘zbekiston rahbari.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика