1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston rahbarini tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Serdar Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston rahbarini tavallud kuni bilan tabrikladi

 

Bugun, 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prnzident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.

 

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning keng qamrovli kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligida kooperasiyani chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

 

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdi. Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining sermahsul natijalari yuksak baholandi.

 

Muloqot yakunida O‘zbekiston Prezidenti birodar Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.


Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovning suhbati har doimgidek samimiyat, ishonch va do‘stlik ruhida o‘tdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика