1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

 

 

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yana-da rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

 

 

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

 

 

Davlatimiz rahbari Tojikistonning SHHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va bo‘lajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

 

 

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga kelgani haqida xabar bergandik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика