1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqotda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Bugun, 21-fevral kuni Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Rossiya Prezidentini sportning anʼanaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi.

 

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, o‘tgan yil 5-7 oktyabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Yetakchilar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

2023 yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, taʼlim, tibbiyot forumlari, qator boshqa ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

 

Tovar ayirboshlashning ijobiy surʼati saqlanib qolmoqda. Sanoat, energetika, transport, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan.

 

Hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Toshkent va Jizzax viloyatlarida industrial texnoparklar muvaffaqiyatli ishlamoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi “Alabuga” va “Master” innovatsiya parklari barpo etilmoqda.

 

Davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

 

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика