1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga qilingan hujumni qat'iy qoraladi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga qilingan hujumni qat'iy qoraladi

 

30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Rossiya Prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi.

 

Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga tahdid solishi ta’kidlandi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

 

Suhbat yakunida yetakchilar kirib kelayotgan yangi – 2026-yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiyaning shimol-g'arbida joylashgan Novogorod viloyatida joylashgan Putin qarorgohiga 91 ta dron orqali hujum qilingani haqida xabar berilgan edi. Rus hukumati rasmiylarining aytishicha, hujumni Ukraina qilgan, biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu hujumni Ukraina qilmaganini aytdi. Tahlilchilar fikricha, bu hujum shundoq ham Ukraina-Rossiya o'rtasidagi hal qilinmayotgan urushni yanada chigallashtirishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика