1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev XXR Raisini tabrikladi

Si Szinpin 3-marta Xitoy rahbarligiga saylandi.

Shavkat Mirziyoyev XXR Raisini tabrikladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

 

Davlatimiz rahbarining qutlovida so‘nggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli ko‘rilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani alohida taʼkidlangan.

 

Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga XXR Raisining qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.

 

Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan davlatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.

 

O‘zbekiston Prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика