1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev: Yangi Toshkentni bahavo joyda bunyod etamiz

Bugun, 31 avgust kuni Qibray tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va undan ishtirok etgan davlat rahbari yangi bunyodkorlik rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Yangi Toshkentni bahavo joyda bunyod etamiz

 

 

“Sizlarga anchadan beri o‘ylab yurgan bir sirni aytmoqchiman, bugun mavridi keldi. Hozir ko‘pchilikda savol tug‘ilyapti – nega bu bog‘ shahardan uzoqda? Gap shundaki, biz endi Yangi Toshkent qurilishlarini asosan shu tomonda, bahavo joylarda olib boramiz. Hozirgi Toshkent shahrimizni esa yashil hududga aylantiramiz. Ayni paytda turgan joyimizda yangi oliy taʼlim maskani, aeroport va 2025 yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Yoshlar o‘rtasidagi sport musobaqalari uchun olimpiya shaharchasi barpo qilamiz.

Bog‘ning o‘zi ham 104 gektarni tashkil qiladi va bu yerdagi obodonchilik ishlari ham davom ettiriladi.

Xudo xohlasa, yaqin 2-3 oy ichida Toshkent viloyatining Qibray, Bo‘stonliq tumanlarining bahavo hududlarida bajariladigan ishlar rejasini taqdim etamiz. Lekin har bir g‘ishtni xalqimiz bilan bamaslahat qo‘yamiz”, deya taʼkidladi prezident.

 

Bundan avvalroq Shavkat Mirziyoyev yangi bog‘ va yodgorlik kompleksini qurishda nimaga eʼtibor qaratilganini aytgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика