1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish doimiy eʼtiborimiz markazida bo‘ladi

Prezidentimiz O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish masalasi haqida ham so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish doimiy eʼtiborimiz markazida bo‘ladi

Prezidentimiz O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish masalasi haqida ham so‘zladi.

– Meni doimo o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan yana bir dolzarb masala, bu – yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir so‘z bilan aytganda, tarbiyasi bilan bog‘liq.

Biz bu yo‘nalishda katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Ammo ularning samaradorligini yana-da kuchaytirish uchun quyidagi masalalarga jiddiy eʼtibor berishimiz zarur.

Birinchidan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini rivojlantirish doimiy eʼtiborimiz markazida bo‘ladi.

Farzandlarimizga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlarni ko‘paytirish va ularning mualliflarini rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda mualliflar uchun birinchi o‘ringa – 100 million so‘m, ikkinchi o‘ringa – 75 million so‘m, uchinchi o‘ringa – 50 million so‘m mukofot beriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика