1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi yakunlandi

Prezident Qohira aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misrga ikki kunlik rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi.

 

Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunida davlat rahbarlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida hujjatlar imzolandi.

 

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

 

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Qohira aeroportida oliy martabali mehmonni Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика