1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi yakunlandi

Tashrif so‘nggida Prezident Nukus shahridagi investisiya loyihalari situasion markazi faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi yakunlandi

 

Mazkur muassasa biznes loyihalarni shakllantirish, amalga oshirish va  monitoring qilish bo‘yicha yaxlit tizim sifatida ishlaydi. “Yagona darcha” tamoyili asosida vazirlik, idora, hudud va tashkilotlar o‘rtasida tezkor hamkorlikni ta’minlaydi. 

 

Markazda uchta - hududiy loyiha guruhi, strategik rivojlantirish guruhi va tadbirkorlarga tezkor yordam guruhi bor. Shuningdek, Tadbirkorlar kengashi bo‘lib, loyiha guruhlari bilan birga yangi g‘oya va takliflarni muhokama qiladi hamda ularga ishbilarmonlarni jalb etadi.

 

Bundan tashqari, Investisiya va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari hududda imkoniyati bor loyihalarni ishlab chiqib, tayyor holda aholiga taklif qiladi.

 

Markazga yetakchi sanoat tarmoqlarining vakillari biriktirilgan. Prezidentga Qoraqalpog‘istonda ushbu tarmoqlarda rejalashtirilgan loyihalar haqida axborot berildi.

 

Avval xabar qilinganidek, Orolbo‘yi hududini birgalikda rivojlantirish uchun viloyat hokimliklari ham jalb etilgan. Ular tomonidan Qoraqalpog‘istonning har bir tumani bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Markazda ushbu rejalar taqdimoti ham o‘tkazilgan.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика