Bugun, 7-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchilar Armaniston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Musobaqada Javohir Sindarov va Jahongir Vohidov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubbayev during natija qayd etgan.
Shu bilan umumiy hisob O‘zbekiston — Armaniston 3:1 bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasidagi bahsda o‘zbekistonlik ishtirokchilar Isroil terma jamoasiga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.


