Yevropa Ittifoqi mamlakatlari chegaralarini kesib o‘tishning yangi tizimi 2024 yil o‘rtalarida ishlay boshlaydi.
Yevropa Ittifoqi vazirlari Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan tashkilot ichki ishlar kengashi yig‘ilishida bu haqda kelishib oldilar. Shengen erkin harakatlanish zonasiga kelgan Ittifoqqa aʼzo bo‘lmagan davlat fuqarolarining biometrik maʼlumotlari qayd qilinadi.
Sayohatchilarning yuz skanerlari va barmoq izlari maʼlumotlari har safardan keyin uch yil davomida saqlanadi.


