Ushbu xabar va maqolalar 340 milliondan ortiq foydalanuvchilarni qamrab olgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Yusup Kabuljanov maʼlum qildi.
Shuningdek, 6 ta tilda 51 670 xabarlar nashr etilgan. Ularning 26 311 o‘zbekistonlik OAVga tegishli.
Maʼlumot uchun: sammit yakunlari bo‘yicha 44 ta hujjat imzolandi. Xususan, Eron SHHTda majburiyat memorandumini imzolab, ushbu davlatning tashkilotga aʼzo bo‘lishiga yo‘l ochdi. Shuningdek, Belarusni tashkilot aʼzoligiga qabul qilish tartibi boshlanishi to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.Bundan tashqari, bir qator davlat rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, turli masalalar muhokama qilindi.


