Koronavirusning "omicron" shtammini boshqa ko‘rinishlardan ko‘krak qafasida og‘riq bo‘lmasligi bilan farqlash mumkin. Bu haqda rossiyalik iimunolog Vladimir Bolibok "Moskva 24"ga bergan intervyusidagi aytdi.
"Omicron" ham pnevmoniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Odamlar zararlanish katta bo‘lganda kasallik qurboni bo‘ladi. Ammo bu shtammda ko‘krak qafasida og‘riq kamdan-kam kuzatiladi", - deydi Bolibok.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomoqning kuchli og‘rishi, burun bitishi va quruq yo‘tal ham "omicron" belgilaridir. Ko‘pincha bu alomatlar yuqori harorat, holsizlik va bosh og‘rig‘i bilan birga kuzatiladi.
Hid bilmaslik koronavirusning barcha shtammlariga xos alomat, ammo "omicron" shammida u tuzalishga yaqin paydo bo‘ladi.
Avval xabar qilganimizdek, "omicron" insoniyat tarixiagi eng yuqumli virusdir.


