1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya Kurskka harbiylar guruhini jo‘natdi

Mashg‘ulotlar Rossiya sharqidagi beshta poligonda bo‘lib o‘tdi.

Shimoliy Koreya Kurskka harbiylar guruhini jo‘natdi

KXDRdan birinchi harbiylar guruhi Kursk viloyatiga yetib keldi. Bu haqida Ukraina razvedkasi maʼlum qildi.

 

"23 oktyabr kuni jangovar hududda Shimoliy Koreya askarlarini ko‘rishgan. Bungacha ular Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tishayotgan edi", deya xabar berdi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi.

 

Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uchta generali Rossiyaga o‘tkazilgan. Ularni tayyorlash va moslashishi uchun Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov javobgar etib tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика