Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda ORVI avj olishi ortidan 5 kunlik karantin eʼlon qilindi. Bu haqda NK News maʼlum qildi.
Shu bilan birga karantin haqida rasman eʼlon qilinmagan. U hafta oxirigacha amal qiladi. Xabarda faqat shamollash haqida gap ketgan, koronavirus tilga olinmagan.
Pxenyan aholisi uyda qolishi va kuniga bir necha bor haroratini o‘lchashi kerak.
KXDRda COVID-19 tarqalishi bo‘yicha ilk xabarlar 2022 yil aprelida tarqalgandi. Kim Chen In pandemiyani respublika tarixidagi eng yirik inqiroz sifatida qayd etgandi.


