Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan «kuchli davlat» qurish istagi borligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Kim Chen In Putinga "Rossiya kuni" munosabati bilan tabrik yo‘llagan, unda u rus xalqini "to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi"ni izhor qilgan. Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi "suveren davlatlarni himoya qilishning muqaddas vazifasi timsoli" ekanligini aytdi. KXDR rahbari Rossiya Federatsiyasi bilan yaqinroq strategik hamkorlikka tayyor ekanini ham taʼkidlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakat xalqlari "qudratli davlat qurish, jahon tinchligi va xavfsizligini ishonchli himoya qilishdek buyuk maqsadga erishish"ga mushtarak intilishadi.


