Bugun, 31 may kuni Shimoliy Koreya sunʼiy yo‘ldoshining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, yangi “Chollima-1” sunʼiy yo‘ldosh raketasi dvigatel va yonilg‘i tizimidagi beqarorlik tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Bu Shimoliy Koreyaning sunʼiy yo‘ldoshni uchirishga bo‘lgan oltinchi urinishi hisoblanadi. Shimoliy Koreya 2016 yilda ilk bor o‘zining sunʼiy yo‘ldoshini uchirgan edi.
Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining maʼlum qilishicha, harbiylar kosmik raketaning qismlari yig‘ib olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.


