1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya yadro quroli portlashini mashq qildi

Kecha KXDR Yapon dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirgandi.

Shimoliy Koreya yadro quroli portlashini mashq qildi

 

Shimoliy Koreya 27 mart kuni Yapon dengiziga ballistik raketa uchirganini tan oldi. Bu haqda "Renxap" agentligi xabar berdi. 

 

KXDR bu sinov yadro quroli portlashi imitatsiyasi ekanini taʼkidlagan. Kecha Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari ballistik raketalar uchirilgani to‘g‘risida maʼlum qilgandi. Rasmiy Pxenyanga ko‘ra, yadro portlashi imitatsiyasi 500 metr balandlikda o‘tkazilgan. Unda “yer-yer” turidagi taktik ballistik raketalardan foydalanilgan.

 

Kim Chen In yadro quroliga zarur materiallarni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi. U mamlakat har qanday holatda bu turdagi quroldan foydalanishga tayyor bo‘lishini aytgan.

 

KXDRning Janubiy Koreya va AQSH bilan munosabatlari sovuqlashgach, raketa sinovlari keskin ko‘paydi. O‘tgan haftada Respublika birinchi marta suv osti dronini sinovdan o‘tkazgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика