1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan raketa uchirdi

Tokio butun mamlakat boʻylab havo ogohlantirishini eʼlon qildi.

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan raketa uchirdi

 

Shimoliy Koreya bugun, 4-oktabr kuni Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, aholi binolar ichi yoki yer ostiga evakuatsiya qilishga chaqirilgan, uyda qolishga qaror qilganlar qobiq parchalari qulashi xavfi tufayli derazalarga yaqinlashmasliklari kerak.

 

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya raketasi shimoliy Aomori va Xokkaydo prefekturalari havo hududi orqali uchib o‘tgan va Tinch okeaniga qulagan.

 

Rasmiylar snaryad qulagan hududda joylashgan kemalarni vayronalar aniqlangan taqdirda ularga yaqinlashmaslikni, zudlik bilan Sohil xavfsizlik xizmatiga xabar berishni talab qilmoqda.

 

Voqea munosabati bilan Yaponiya hukumati milliy xavfsizlik kengashini chaqirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика