Hujjat kelajakda Rossiyaning Ukrainaga hujumi sodir bo‘lgan taqdirda Kiyevga Germaniya tomonidan harbiy yordam ko‘rsatilishini nazarda tutadi.
Bitim Ukrainaning NATOga to‘laqonli aʼzo bo‘lguniga qadar bo‘lgan davr uchun xavfsizligini taʼminlashi kerak.
Xuddi shunday hujjat allaqachon Kiyev va London o‘rtasida ham imzolangan.
Zelenskiy Germaniyadagi muzokaralardan so‘ng Parijga borishi rejalashtirilgan. U yerda Fransiya bilan ham xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.


