1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sholts: Ukrainaga o‘zimizda yo‘q qurollarni beryapmiz

Germaniya kansleri Kiyevga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam haqida gapirdi.

Sholts: Ukrainaga o‘zimizda yo‘q qurollarni beryapmiz

 

Germaniya Ukrainaga o‘zida yo‘q qurollarni bermoqda. Bu haqda GFR kansleri Olaf Sholts maʼlum qildi.

 

“Biz jo‘natayotgan tizimlarning ayrimlari shu darajada yangiki, ular juda kam miqdorda ishlab chiqarilgan va hatto Bundesverda (Germaniya armiyasi — zamon.uz izohi) ham yo‘q. Ulardan foydalanishda biz ukrainalik askarlarga yordam beryapmiz”, – degan kansler.

 

Sholts Kiyevga Germaniya armiyasi zaxiralarida bo‘lgan barcha qurollarni berganini taʼkidladi.

 

Avvalroq Ukraina G‘arb samolyotlarini ham olishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика