1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Shomurodov haqida film suratga olinadi

Mazkur film ijodkorlari tasvir jarayonlarini davom qildirish uchun Italiyaning Rim shahriga jo‘nab ketdi.

Shomurodov haqida film suratga olinadi

 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Loyihalar boshqaruvi markazi (MPMG) tashabbusi bilan “Chegarasiz“ loyihasining navbatdagi maxsus soni futbolchi Eldor Shomurodov hayotiga bag‘ishlanadi.

 

Mazkur hujjatli filmni suratga olish jarayonlari shu yilning aprel oyida boshlab yuborilgan. Dastlabki sahnalar Surxondaryo viloyatining futbolchi tug‘ilib o‘sgan Jarqo‘rg‘on tumanida tasvirga olingan.

 

Filmning davomini suratga olish uchun tasvirga olish guruhi bugun 12-may kuni Italiyaning Rim shahriga jo‘nab ketishdi.

 

Shuningdek, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatining Muborak shaharlarida ham futbolchi hayotiga daxldor sahnalar suratga olinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика