Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Istanbulga keldi. Bu haqda Habertürk telekanali xabar berdi.
Vazir RF nomidan Ukraina g‘allasi eksporti bo‘yicha kelishuvni imzolaydi. Kiyev nomidan esa transport vaziri shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.
Bugun g‘alla eksporti bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Bundan oldin Turkiya so‘nggi muzokaralar yuqori darajada o‘tgani va tomonlar o‘zaro kelishuvga yaqin turganini aytgandi. Bugungi uchrashuvda BMT bosh kotibi ham ishtirok etishi kutilmoqda.


