1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Shoygu ShHTning harbiy sohadagi salohiyatini oshirishni taklif qildi

ShHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishida Rossiya mudofaa vaziri nutq so‘zladi.

Shoygu ShHTning harbiy sohadagi salohiyatini oshirishni taklif qildi

 

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning jangovar salohiyatini, xususan, harbiy xavfsizlik sohasida axborot almashish mexanizmlari orqali oshirishni taklif qildi.

 

"ShHT harbiy salohiyati samaradorligini oshirish. ShHT Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi ekspert ishchi guruhi faoliyatini faollashtirish va amaliy mazmun bilan to‘ldirish. Unga mamlakatlarimiz mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash”, — dedi u yig‘ilishda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yo‘nalishlar, xususan, "pilotsiz uchar apparatlariga qarshi kurash, axborot va biologik xavfsizlik" bo‘lishi mumkin.

 

Rossiya mudofaa vaziri, shuningdek, qo‘shinlarni tayyorlash va qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish, ilg‘or tajriba almashish va noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini ham taʼkidladi. Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash o‘zgarishsiz SHHTning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini taʼkidlab, ShHT doirasida harbiy xavfsizlik sohasida axborot almashish mexanizmini ishlab chiqishni ham asosiy vazifalardan biri deb atadi.

 

"Bunday hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish uchun biz Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar mudofaa idoralari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini tashkil etish va uni himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim loyihasini ishlab chiqdik. Uni ko‘rib chiqish uchun yaqinda sizga yuboramiz”, — dedi Shoygu.

 

U bugungi uchrashuv natijalari ShHTni yana-da izchil rivojlantirish, tashkilot masʼuliyati doirasida barqarorlik va xavfsizlikni saqlash uchun mustahkam asos bo‘lishiga ishonch bildirdi.

 

Avvalroq, Prezident ShHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlariga murojaat yo‘llagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика