1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shri Lanka hukumati quladi

Vazirlar ommaviy ravishda lavozimlarini tark etmoqda.

Shri Lanka hukumati quladi

 

Shri Lankaning bir guruh vazirlari mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz sharoitida o‘z lavozimlarini tark etish qarorini e’lon qildi. 

 

Qishloq xo‘jaligi vaziri Mahinda Amarashira mamlakatga o‘g‘it yetkazib berilishi bilanoq o‘z lavozimini tark etishini aytdi. Mehnat va turizm vazirlari Manusha Nanayakkara va Xarin Fernando, shuningdek, investitsiya vaziri Dhamikka Perera va transport vaziri Bandula Gunawardana o‘z lavozimlarini tark etishmoqda.

 

Namoyishchilar prezident qarorgohini egallab olganida keyin Shri Lanka bosh vazirining uyiga o‘t qo‘yilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, Shri Lanka Prezidenti Gotabaya Rajapaksa 13-iyul kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bosh vazir Ranil Vikramasinge ham o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini e’lon qilgan. Mamlakatni vaqtincha parlament spikeri boshqaradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика