Ginnesning rekordlar kitobi noodatiy yutuqni qayd etdi. Shri-Lankada shifokorlar bemorning buyragidan dunyodagi eng katta toshni olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Operatsiya Kolombo armiyasi gospitali xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Toshning uzunligi 13 santimetrdan bir oz ko'proq, og'irligi esa 801 grammni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bemor sobiq harbiy xizmatchi, 60 yoshli erkak. Bemorning so‘zlariga ko‘ra, u ikki hafta oldin oshqozonida qattiq og‘riq sezgan. Shundan so`ng shifokorlarga yordam so'rab murojaat qilgan. Shifokorlar buning sababi urolitiyoz ekanligini aniqlashgan. Operatsiyadan so‘ng erkak o‘zini yaxshi his qilmoqda.


