O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 21,90 so‘mga ko‘tarilib, 11 ming 655,01 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 21,90 so‘mga ko‘tarilib, 11 ming 655,01 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 798,37 so‘mga baholanib, 31,03 so‘mga ko‘tarilgan.
Shuningdek, 1 rubl 125,32 so‘m etib belgilanib, 1,27 so‘mga arzonlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 3-avgust, payshanba kunidan kuchga kiradi.


