G‘arb davlatlari fevral oxiridan buyon Kiyevga 12 milliard dollarlik harbiy va moliyaviy yordam yetkazib berdi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal maʼlum qildi.
"Keng qamrovli urush harakatlari boshlanganidan buyon Ukraina 12 milliard dollarlik qurol ko‘rinishidagi va moliyaviy yordam qabul qildi", — degan u Varshavadagi Ukraina uchun yordam uchun donorlik konferensiyasida.
Shmigal aprel oxirida Vashingtondagi chiqishida yaqin istiqbolda Kiyev uchun oyiga 4-5 milliard dollar moliyaviy yordam zarurligini maʼlum qilgandi.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaning mag‘lub bo‘lmasligi kerakligini aytgandi.


