1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi

Kitob taqdimoti XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi

 

Taniqli kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosov haqida “Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida” nomli kitob chop etildi.

 

Adiba Nosirova muallifligidagi kitobda rejissyorning hayoti va ijodi, uning o‘zbek kinosidagi o‘rni, mashhur filmlari hamda Nabi G‘aniyev, Komil Yormatov, Yo‘ldosh Aʼzamov kabi ijodkorlar haqida eksklyuziv maʼlumotlar keltirilgan.

 

“Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida” kitobi taqdimoti XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Milliy madaniyatimiz va sanʼatimizning benazir darg‘asi, buyuk kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosovning boy ijodiy va pedagogik faoliyati O‘zbekistonning ko‘plab zamonaviy rejissyorlari uchun oliy ibrat maktabi bo‘lib kelmoqda. O‘tgan davrning 50 yillari oxirida sanʼat olamiga kirib kelgan mahoratli rejissyor o‘z asarlari bilan O‘zbekiston milliy ekran va sahna sanʼatining ijodiy imkoniyatlarini yana-da kengaytirib, uni milliy maʼnaviyatimizning ajralmas qismiga aylantirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика