Turkiyaning "Fotix Karagyumryuk" klubi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda jurnalisti Ertan So‘zgun xabar bergan.
27 yoshli yarim himoyachining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali terma jamoamiz yetakchisini 2.5 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Shukurov joriy mavsum Turkiya Superligasida 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


