1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Shvetsiya NATOning ikkinchi yangi aʼzosi bo‘ladi"

So‘z Blinkenga.

"Shvetsiya NATOning ikkinchi yangi aʼzosi bo‘ladi"

 

AQSH hukumati Shvetsiya 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan alyans davlatlarining sammitida NATOga aʼzo bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

 

“Ishonchim komilki, bu tez orada sodir bo‘ladi. Umid qilamanki, Shvetsiya Finlyandiyadan keyin NATOning ikkinchi yangi aʼzosi sifatida qo‘shiladi”, — dedi janob Blinken.

 

U Vengriya va Turkiya Shvetsiyaning arizasini hali ratifikatsiya qilmaganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rasmiylari qonuniy manfaatlarga ega, hozircha ular faqat Finlyandiya bilan “muvaffaqiyatli ishlagan”.

 

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti fonida Finlyandiya va Shvetsiya 2022 yilning may oyida NATOga qo‘shilish uchun birgalikda ariza bergan edi. Finlyandiya ittifoqning barcha davlatlaridan rozilik oldi va 4 aprel kuni Bryusselda uning NATOga kirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Turkiya hukumati Shvetsiyaga qarshi bir qator shikoyatlarga ega, jumladan, terrorchilarni ekstraditsiya qilishdan bosh tortish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика