1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Ukrainada Kobul ssenariysi takrorlanishi mumkin” — Shvetsiya parlamenti

Deputat TIVdan Kiyevdagi elchixonani evakuatsiya qilishni so‘radi.

“Ukrainada Kobul ssenariysi takrorlanishi mumkin” — Shvetsiya parlamenti

 

Shvetsiya parlamenti aʼzosi Byorn Syoder mamlakatlakatning Ukrainadagi elchixona xodimlari xavfsizligini taʼminlash kerakligini aytmoqda. U o‘z qarashlarini Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri An Lindega tushuntirib berdi. Bu haqda RT xabar qildi.

 

Syoderning aytishicha, AQSH va Buyuk Britaniya Kiyevdagi diplomatik missiyaning ayrim xodimlarini mamlakatdan olib chiqmoqda. Vashington va London bunday qarorga “Rossiya tomondan o‘sayotgan xavf” sabab bo‘lganini aytgan.

 

“O‘z navbatida, Shvetsiya va YEIning boshqa davlatlari hozircha bunday harakat qilmayapti”, — degan deputat.

 

Shvetsiya TIV Afg‘onistondagi voqealarga ham kechikib reakitsiya bildirganini eslatib o‘tdi. O‘shanda hukumat Toliblar qo‘liga o‘tganidan so‘ng elchixona xodimlari evakuatsiyasi boshlangan.

 

Shuning uchun, Syoder Lindedan u Kiyevdagi elchixona xodimlarining xavfsizligini taʼminlash uchun nima qilayotganini so‘radi.

 

Maʼlumot o‘rnida: So‘nggi oylarda G‘arb Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligini aytib kelmoqda. O‘z navbatida Moskva bu kabi ayblovlarni rad etyapti.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Pentagonning rasmiy vakili Jon Kirbi AQSH yevropadagi qo‘shimcha kuchlari Ukrainaga ham jo‘natilishi mumkin maʼlum qilgandi.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика