1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shvetsiya qat'iy qonunlari haqida bilasizmi?

Mamlakatning shimoliy port shahri hukumati odamlarni bir-birlari bilan salomlashishga majburlash bo'yicha qaror chiqardi.

Shvetsiya qat'iy qonunlari haqida bilasizmi?

 

80 ming aholiga ega Lulea shahrida ijtimoiy kampaniya boshlandi. Uning mohiyati odamlarni bir-biriga salomlashishga undashdir.

 

 Ijtimoiy tarmoqlarda shahar aholisining ma’yus yuzlarida tasodifiy o‘tkinchi “salom” deganidan keyin qanday tabassum paydo bo‘lishi aks etgan videolar paydo bo‘ldi.

 

"Qo'shnilaringizga salom berish kichik narsa bo'lishi mumkin, ammo tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu ijtimoiy rishtalarni mustahkamlaydi va sog'liq, xavfsizlik va farovonlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi", deyiladi videoxabarda.

 

Bu aksiya shvedlar ruhiy tushkunlik va yolg‘izlikdan tobora ko‘proq azob chekayotgani sababli o‘tkazilmoqda. Munitsipalitetning ijtimoiy strategi Asa Koskining aytishicha, shvedlar tabiatan biroz introvert, shuning uchun ular bir-birlari bilan muloqot qilishlari kerak. Bunday kampaniya ko'p vaqtini uyda faol ravishda o'tkazadigan odamlarga, ayniqsa, yordam beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика