
Oila aʼzolarining murojaatiga asosan, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga qaytarish yuzasidan tashkiliy-huquqiy ishlar amalga oshirildi. 3 iyul kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga olib kelindi.
Maʼlumot o‘rnida, joriy yilning 6 oyida xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda vafot etgan 218 nafar fuqarolarning jasadi Vatanga qaytarildi


