1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shveysariya anʼanaviy betaraflikni buzishi mumkin

Gap Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi haqida ketmoqda.

Shveysariya anʼanaviy betaraflikni buzishi mumkin

 

Shveysariya Ukrainaga nisbatan qurol-yarog‘ taqiqini bekor qilishga yaqinlashmoqda.

 

Mamlakatda Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan munozaralar haqida hisobot eʼlon qilindi.

 

Garchi bu ko‘p asrlik betaraflik anʼanalariga zid kelsa-da, hukumat Shveysariyada ishlab chiqarilgan qurollarni Kiyevga o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish qaroriga yaqin turibdi.

 

So‘nggi paytlarda Shveysariya hukumatidan Ukraina qurol-yarog‘ yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash talabi tobora ko‘payib bormoqda, vaholanki, bu masalada parlamentda haligacha konsensus yo‘q.

 

Shuningdek, yaqinda o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot maʼlumotlariga ko‘ra, shveysariyaliklarning 55 foizi qurol-yarog‘ reeksporti va ularni Ukrainaga yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish tarafdori.

 

Biroq baʼzi fuqarolar va siyosatchilar hamon qurol sotishga qarshi.

 

Ularning fikricha, taqiqning bekor qilinishi davlatdagi tinchlik va farovonlik poydevorini yo‘q qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика