1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shveysariya Rossiya bilan vizani soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatdi

Avvalroq YeI ham shu kabi qaror qabul qilgandi.

Shveysariya Rossiya bilan vizani soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatdi

 

Shveysariya Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatishga qaror qildi. Bu qaror Federal kengashning 2022-yil 16-sentyabrdagi yig‘ilishida qabul qilingan.

 

“Federal kengash Yevropa Ittifoqi bilan bir xil qaror qabul qiladi va shu tariqa butun Yevropada umumiy viza siyosatiga hissa qo‘shadi”, — deyiladi hukumat bayonotida.

 

Qayd etilishicha, Shveysariya Yevropada kelishilgan viza siyosatidan manfaatdor.

 

Bern  bu qaror ruslar uchun vizaning umumiy bekor qilinishini anglatmasligini ta’kidladi. Endi viza narxi 80 yevroni tashkil qiladi, viza olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi, so‘rovni ko‘rib chiqish muddati uzayadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика