Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevga tashrif buyurgan Shveytsariya Prezidenti Ignazio Kassis bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki davlat rahbarlari, asosan, Rossiyaga javoban keyingi hamkorlik haqida so‘z yuritdilar.
“Shveytsariya Prezidenti Ignazio Kassisni Kiyevda qutlayman. Bu tashrif butun qit’amiz va insoniyat xavfsizligiga tahdid solayotgan paytda betaraflikni saqlab qolishning iloji yo‘qligidan dalolat beradi. Muzokaralarimizning asosiy mavzusi — Rossiya harakatlariga javoban kelgusida hamkorlik qilish. Ukraina hududlarini anneksiya qilishga qaratilgan jinoiy tashabbusni prinsipial qoralaganingiz uchun rahmat”, dedi Ukraina Prezidenti.


