1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Si Szinpin Putinni Ukrainada yadro qurolidan foydalanishdan ogohlantirdi

Xitoy o`z manfaatlarini ko`zlab ushbu ishga qo`l urgan

Si Szinpin Putinni Ukrainada yadro qurolidan foydalanishdan ogohlantirdi

 

Xitoy rahbari Si Szinpin shaxsan Vladimir Putinni Ukrainada yadro qurolidan foydalanish Rossiya uchun yomon oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu XXR raisining mart oyida Moskvaga tashrifi chog‘ida sodir bo‘ldi, deb yozadi  Financial Times
nashri G‘arb va Xitoy rasmiylari o‘rtasidagi manbalarga tayanib.

 

Shundan so‘ng, FT suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari boshqa davlatlar diplomatlari bilan suhbatda Moskvaning yadroviy tahdidlardan voz kechishini yutuq deb atay boshlagan. Bu Pekinga Yevropa bilan munosabatlarni tiklashga yordam beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirganidan uch kun o‘tib, to‘xtatuvchi kuchlarni maxsus shay holatga keltirishni buyurgan edi. Gap boshqa narsalar qatorida, yadroviy kuchlarning tayyorgarligini oshirish haqida edi.

 

Bundan tashqari, 2023 yil mart oyida Putin Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirish rejasini ham eʼlon qildi .

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика