O‘zbekiston Sibirga 200 ming tonnaga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishi mumkin. Bunda milliy mahsulotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksportini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, dehqon va fermerlar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishga kelishilgan.
Xususan, Novosibirsk shahridagi “Rusagromarket”, “Aziya-Sibir” korxonalari, Krasnoyarsk shahridagi “Savdo logistika markazi” kompaniyalari bilan O‘zbekiston mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kirish masalalari ko‘rib chiqilgani aytilmoqda.


